Maktabimizda “4C metodi” asosida ta’lim beriladi! Zamonaviy dunyoda bolaga faqat bilim emas, hayotda kerak bo‘ladigan ko‘nikmalar ham zarur. 4C metodi aynan shularni rivojlantiradi.
Tanqidiy fikrlash
Farzandingiz mustaqil fikrlaydi, tahlil qiladi, to‘g‘ri xulosa chiqaradi.
Ijodkorlik
Yangi g‘oyalar topadi, muammolarga o‘ziga xos yechimlar izlaydi.
Hamkorlik
Guruhda ishlaydi, boshqalarni tinglaydi, fikr almashadi.
Muloqot
O‘z fikrini to‘g‘ri, ishonchli va ravon ifodalaydi.
Asosiy fanlar va ta'lim tizimi
Maktab “ingiliz tili”, “arab tili” va “matematika” fanlariga chuqurlashtirilgan. Yuqoridagi barcha fanlar (5-11 sinf) o‘quvchilarining bilim darajalariga asoslanib, kamida ikki guruhlarga bo‘lingan holda o‘qitiladi.
Bolaning bilim darajasi maktabga qabul jarayonida olingan test natijasiga asoslanadi.
Yuqorida tilga olingan fanlar doirasida monitoring testlari tashkil etilib, natija va sabablar ota-onalarga doimiy yetkazib turiladi. Har chorakda esa “level” testlari o‘tkazilib, yaxshi (86+) natija ko‘rsatgan o‘quvchilar o‘zlaridan yuqori darajadagi guruhlarga qo‘shiladilar;
Tegishli sabablarga ko‘ra darsda qatnasha olmagan yoki talab darajasidagi natija ko‘rsata olmayotgan o‘quvchilar bilan yuqoridagi fan o‘qituvchilari qo‘shimcha tarzda ishlaydilar;
Individual yondashuv
Ta’lim jarayoni davomida bolalarning shaxsiyati, qiziqish va qobiliyatilari maktab psixologi va sinf rahbari yordamida aniqlanib, shu “psixologik xarita” yordamida o‘quvchilar bilan individual ishlanadi.
Darslarda o‘quvchilar bilimini rivojlantirishga xizmat qiluvchi vazifalarga e’tibor qaratiladi. Bu orqali har bir bola o‘z kamchiliklarini vaqtida anglab, to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilishiga erishiladi.
Jamoa
Kuchli va sodiq jamoaga egaligimiz boshqa ko‘plab xususiy maktablarda uchraydigan, tez-tez o‘qituvchi almashinuvi muammosiga yechim bo‘la oladi;
Xalqaro hamkorlik
Maktabimiz AQShdagi bir nechta oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalariga ega bo‘lib, eng faol va bilimli o‘quvchilarimiz ularning dasturlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Yuqori sinf o‘quvchilari maktab direktori bilan haftada kamida 1 marotaba suhbat o‘tkazib, o‘z hayotiy va kasbiy yo‘nalishlarni topish, xorijiy OTMlarga hujjat topshirish va grant yutish, ariza topshirish jarayonidagi amaliy ko‘makka ega bo‘lish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Qo'shimcha fanlar
Dasturda quyidagi qo‘shimcha fanlar mavjud: Boshlang‘ich sinflar uchun:
Shaxmat, mental arifmetika, robototexnika;
Kuchaytirilgan ingliz va arab tillari;
Science.
Yuqori sinflar uchun:
Kuchaytirilgan ingliz va arab tillari;
IELTS va SAT imtihonlariga tayyorgarlik;
Ingliz tilidagi kitobxonlar klubi;
Xalqaro universitetlarga hujjat topshirish jarayonini tayyorlash va kuzatib borish (Commonapp va UCAS tizimlari orqali).
Sport:
Gimnastika, dzyudo, boks, futbol.
Rag‘batlantirish tizimi
Maktab tomonidan fanlardan yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ega, ijtimoiy faolligi bilan namuna bo‘la oladigan, har xil tanlov va musobaqalarda o‘z faolligi va ishtiroki bilan ajralib turuvchi, va asosiysi, hulqi bilan barchaga o‘rnak bo‘luvchi o‘quvchilar ro`yxati shakllantiriladi hamda shu asosida o`quvchilar yil oxirida maktab ma’muriyati tomonidan rag‘batlantiriladi.
Oshxona
Uch mahal ovqatlanish (nonushta, tushlik, ikkinchi choy), xilma-xil va muvozanatlashgan menyu: Yevropa, Osiyo va milliy taomlar. Restoran darajasidagi oshpazlar jamoasi, bosh oshpaz – Parijdagi "Le Cordon Bleu" kulinariya akademiyasi bitiruvchisi.
Ovqatlanish haqida batafsil ma’lumotni "Galereya" bo‘limidan bilib olishingiz mumkin.
Ma'lumotlaringizni qoldiring va biz sizga tez orada bog'lanamiz
Algorithm school
+998 88 000 80 30 +998 88 000 90 30 Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Katta Qa'ni mahallasi, "Qurilish" ko'chasi, 88 uy